Havo harorati 8-13° iliqni tashkil etadi. Respublikaning shimoliy hududlariga sovuq antitsiklon kirib kelishi boshlanadi, bu hududlarning baʼzi joylarida qor yogʻadi, shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin, harorat kunduzi 2° sovuq-3° iliqdan yuqori boʻlmaydi.
Ertaga respublikaning barcha hududlariga antitsiklon kirib keladi, Qoraqalpogʻistonda, Xorazm viloyatida baʼzi joylarda qor yogʻadi, Buxoro, Navoiy viloyatlarida baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, qorga aylanishi mumkin, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Faqat Surxondaryo, Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarda shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 0-5° iliqni, kunduzi 5-10° iliqni, shimolda kechasi 3-8° sovuqni, kunduzi 0-5° sovuqni tashkil etadi.
Yakshanba kuni mamlakatimizning barcha hududlarida yogʻingarchilik (yomgʻir qorga aylanadi) boʻladi, shimolda yogʻingarchilik toʻxtaydi. Harorat kechasi va kunduzi 2° sovuq-3° iliqni, shimolda kechasi 9-14° sovuqni, kunduzi 0-5° sovuqni tashkil etadi.
Dushanba kuni Oʻzbekiston boʻyicha yogʻingarchilik boʻlishi ehtimoli kam, kechasi harorat 3-8° sovuqqacha pasayadi, kunduzi 2° sovuq-3° iliqdan yuqori boʻlmaydi, ushbu kun uchun boʻlgan koʻp yillik qiymatlardan 5-7° ga kamdir.
Shu kunlarda respublika boʻyicha baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin, deb xabar beradi Oʻzbekiston gidrometeorologiya xizmati markazi.