Maqsad qoʻshimcha dam olish kunlarida respublika aholisining “Oʻzbekiston boʻylab sayohat qil!” dasturi doirasida maroqli dam olishini taʼminlash, har bir mahalliy sayyohga yurtimizdagi muzeylar va boshqa madaniy meros obyektlariga sayohat qilish imkonini yaratish va bu orqali ichki turizm koʻlamini yanada kengaytirishdir.
Qoʻshimcha dam olish kunlarida madaniy meros obyektlari va muzeylarga chegirmalar
Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 23-dekabrdagi “2023-yilda rasmiy sanalarni hisoblash davrida qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini koʻchirish toʻgʻrisida”gi Farmoniga koʻra 2023-yilda qoʻshimcha dam olish kunlari belgilangan.