Dam olish kunlarida qanday ob-havo boʻlishi maʼlum qilindi

    “Oʻzgidromet” dam olish kunlarida Oʻzbekistonda qanday ob-havo boʻlishi haqida maʼlumot berdi.

    Qayd etilishicha, dam olish kunlarida Oʻzbekiston boʻyicha iliq ob-havo saqlanib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat 10-oktyabrda ertalab Fargʻona vodiysi viloyatlarida baʼzi joylarda biroz yomgʻir yogʻishi mumkin.

    Havo harorati kunduzgi vaqtlarda 23-28 daraja, janubda va choʻl hududlarida +29...+30 darajagacha koʻtariladi. Eng iliq havo shanba kuni boʻladi, kunduzi +28...+30 darajagacha, janub va choʻl hududlarda +32 darajagacha koʻtariladi. Kechasi +10...+15 daraja atrofida boʻladi.

    10-11-oktyabrda shimolda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin.

    Toshkentda havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat:

    • 10-oktyabrda 24-26 daraja;
    • 11-oktyabrda kechasi +10...+12 daraja, kunduzi +26...+28 daraja;
    • 12-oktyabrda kechasi +12...+14 daraja, kunduzi +26...+28 daraja boʻladi.