Bu haqda Oʻzgidromet xabar berdi.

Faqat Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida ayrim joylarda va Navoiy viloyatining ayrim choʻl hududlarida qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi mumkin.

Respublika hududi boʻyicha (shimoliy hududlardan tashqari) baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, Navoiy viloyatining choʻl hududlarida yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi.

Toshkentda bugun kunduzi yogʻingarchilik kutilmaydi. Harorat 11-13 daraja iliq boʻladi. Kechasi biroz yomgʻir yogʻishi mumkin.