Respublika shimolida sovuq boʻladi, kunning oʻrtasida havo harorati 5-8 daraja sovuqni, Orol boʻyida 12-15 daraja sovuqni tashkil etadi.

Dam olish kunlari antitsiklon periferiyasi kuchayadi, bulutlar kamayadi. Kechalari havo harorati 4-7 daraja sovuqqacha, shimolning eng chekkasida baʼzi joylarda 17-20 daraja sovuqqacha boʻladi. Kunduz kunlari havo 4-7 daraja iliqqacha koʻtariladi, lekin oʻrtacha kecha kunduzlik harorat odatdagidan biroz past boʻladi, deb xabar beradi Oʻzbekiston gidrometeorologiya markazi.