14-15-noyabr kunlari respublika hududiga Ural rayonlaridan sovuq havo kirishi kutilmoqda. 14-noyabrda Qoraqalpogʻiston va Xorazm viloyatida, 15-noyabrda Toshkent, Jizzax, Sirdaryo, Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida qisqa muddatli yogʻingarchilik (yomgʻir, qor), qolgan hududlarda esa yomgʻir kuzatilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha yetishi mumkin.
Dam olish kunlarida havo harorati kechasi 0-5 daraja iliq, baʼzi joylarda 1-3 daraja sovuq, shimoliy hududlarimizda esa 4-9 daraja sovuq boʻladi, kunduzi esa 6-11 daraja iliq boʻladi, bu oʻrtacha meʼyorlardan 5-7 darajaga pastdir, deb xabar beradi Oʻzbekiston gidrometeorologiya markazi.