Mamlakatimizda yashirin va xufiyona iqtisodiyotning rivoj topishini oldini olish maqsadida bojxona organlari tomonidan tovar moddiy boyliklarining respublikaga noqonuniy yoʻllar bilan kirib kelishiga qarshi muntazam tezkor tadbirlar oʻtkazilib kelinmoqda.

Jumladan, Fargʻona viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi boʻlimi xodimlari tomonidan Fargʻona tumanida navbatdagi tezkor tadbir oʻtkazildi.

Tezkor tadbir davomida kuzatuvga olingan fuqaro O.M. boshqaruvidagi “Damas” rusumli avtotransport vositasi Fargʻona tumani hududida toʻxtatilib belgilangan tartibda bojxona nazoratidan oʻtkazildi.

Natijada mazkur avtotransport vositasining salon qismida xorijda ishlab chiqarilgan va bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtganligini tasdiqlovchi hujjatlari boʻlmagan, umumiy qiymati 60,8 million soʻmlik 358 dona 5 turdagi uyali aloqa vositalari borligi aniqlandi.