Sifati kafolatlanmagan tibbiyot buyumlarining noqonuniy aylanmasiga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.

Xususan, Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi boʻlimi xodimlari Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir oʻtkazishdi.

Tezkor tadbir davomida, fuqaro S.O. boshqaruvidagi “Damas” rusumli avtomashina toʻxtatilib, xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganida ushbu avtomashinada yoʻlovchi sifatida ketayotgan fuqaro A.K.ga tegishli boʻlgan, xorijda ishlab chiqarilgan va sifati kafolatlanmagan umumiy qiymati 116,5 million soʻmlik tibbiyot buyumlari borligi aniqlandi.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.