Daniya mudofaa vaziri Troels Lund Poulsen 25-mart kuni Kopengagenda bo'lib o'tgan brifingda mamlakat ayollar uchun majburiy harbiy xizmatni kutilganidan bir yil oldin boshlashni rejalashtirayotganini aytdi.
Hozirda ayollar armiyaga ixtiyoriy ravishda borishadi, erkaklar esa xizmat qilishlari shart, harbiy xizmatga chaqirish esa lotereya tizimi orqali amalga oshiriladi.
Daniya Mudofaa vazirligi ma'lumotlariga ko'ra, Daniya og'ir brigadasiga sarmoya jalb qilish uchun 1,7 milliard dollar sarflash rejalashtirilmoqda. Havoda yonilg'i quyuvchi ikkita samolyotni xarid qilish ham e'lon qilindi.
Moliyalashtirish hukumatning Rossiyadan kelayotgan xavfsizlik tahdidlariga javoban mudofaa xarajatlarini oshirish uchun o'tgan oy e'lon qilingan Tezlashtirish jamg'armasi hisobidan amalga oshiriladi, deb xabar beradi korrespondent.net.