Marosim Kopengagenda Davlat kengashi a'zolari – monarx raisligidagi vazirlar yig'ilishi ishtirokida bo'lib o'tdi. Taxtdan voz kechish to'g'risidagi imzo mamlakatda hokimiyatning ona qirolichadan o'g'ilga – yangi qirol Frederik X ga o'tishini anglatishiga qaramay, Bosh vazir Mette Frederiksen bu haqda Kopengagendagi Kristiansborg saroyi balkonida biroz muddatdan so'ng e'lon qiladi.
Daniya politsiyasi hisob-kitoblariga ko'ra, hokimiyatning almashinuv marosimini nishonlash uchun Kopengagenda 100 mingga yaqin odam yig'ilgan.