Vatandoshlarimiz shu tariqa daniyaliklar va mamlakat mehmonlarini nafaqat Oʻzbekiston hamda uning milliy taomlari bilan, balki yurtimizning tobora shuhrat qozonayotgan oʻziga xos gastronomiya turizmi bilan ham tanishtirmoqda.
Maʼlumki, bugungi kunda Oʻzbekistonning boy tarixi, madaniyati, sayyohlik va iqtisodiy salohiyatini jahon miqyosida keng targʻib etish ishiga xorijiy mamlakatlardagi vatandoshlar ham oʻzlarining munosib hissalarini qoʻshib kelishmoqda.
Restoranning ichki devorlari oʻzbek milliy hunarmandchilik anʼanalari uslubida bezatilgani mehmonlarga oʻzgacha koʻtarinki kayfiyat bagʻishlaydi, ishonch bilan aytish mumkinki, ular oʻzlarini xuddi Oʻzbekistonda boʻlib turgandek his etishadi.
Restoranda ishlatiladigan mahsulotlar halol va pokiza. Oshpaz va xodimlar esa vatandoshlar vakillaridan iborat.
Daniyadagi yurtdoshimizlarning maʼlum qilishlaricha, kelajakda mamlakat poytaxti - Kopengagen shahrida “Buxoro” restoranini ochish moʻljallanmoqda.