22-avgust kuni Finlyandiyada daraxtlarni quchish boʻyicha birinchi jahon chempionati boʻlib oʻtadi, deb yozadi Visit Levi.

Chempionatda Finlyandiya, AQSH, Estoniya, Germaniya, Italiya, Shotlandiya, Rossiya, Malayziya va Avstraliya fuqarolari ishtirok etadi. Ular tezkorlik, oʻzini bagʻishlash va ijodkorlikda raqobatlashadi.

Musobaqa ishtirokchilarini uch bosqichli bellashuv kutadi. Avvaliga ular daraxtlarni juda tezlikda quchoqlashi kerak boʻladi. Sakkiz daqiqada daraxtlarning quchogʻida “boʻgʻilgan” kishi gʻolib sanaladi. Bunday holda, har bir daraxtga kamida besh soniya vaqt ajratilishi kerak.

Soʻngra hakamlar quchoqning samimiyligini baholaydi.
Va nihoyat, ishtirokchilar ijodkorlikda oʻzlarini namoyon etadi. Bunda kishi tasavvuri boyligini bir daqiqada koʻrsatishi kerak boʻladi, deb yozadi portal.