Mazkur GES kanalning PK-135+50 piketida qurilib, mamlakatimizda gidroenergetik quvvatlarni yanada oshirishga xizmat qiladi.

Ko'zlangan maqsadga erishi uchun  qator investitsiyaviy loyihalar doirasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Bu borada, belgilangan rejaviy asosda Samarqand viloyatining Darg'om kanalida loyihaviy quvvati 7,4 MVt bo'lgan kichik GES jadal sur'atlarda barpo etilmoqda, deya xabar bermoqda "O'zbekgidroenergo" AJ axborot xizmati.