Dastlabki chorakda 58 ta avtomobil eksport qilingan

    Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning yanvar-mart oylarida yurtimizda 68 905 dona yengil avtomobil ishlab chiqarilgan.

    Ishlab chiqarish hajmi 2021-yilning mos davri bilan solishtirilganda 24451 taga oshgan.

    2022-yilning yanvar-mart oylarida Oʻzbekiston Ozarbayjon, Tojikiston, Koreya va Livanga 58 dona yengil avtomobillarni eksport qilgan.

    Bu koʻrsatkich 2021-yilning mos davri bilan solishtirilganda 8763 taga kamaygan.

    2022-yilning yanvar-mart oylarida Oʻzbekiston 21 ta xorijiy davlatlardan qiymati 189,3 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 8 508 ta yengil avtomobil import qilgan.

    Yengil avtomobillar importi 2021-yilning mos davri bilan solishtirilganda, 5 361 taga yoki 2,7 barobarga oshgan.

    3 oyda yurtimizga 455 ta elektromobil import qilingan.

    Elektromobil importi 2021-yilning mos davriga nisbatan 370 taga yoki 5,4 barobarga oshgan.

    Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning yanvar-mart oylarida yurtimizda 68 905 dona yengil avtomobil ishlab chiqarilgan.