Unda fuqaro hamda tadbirkorlar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri aloqani yoʻlga qoʻyish va ularning muammolariga yechim topish maqsad qiligan boʻlib, 29 kun davomida kanal orqali respublikamiz boʻylab 305 ta murojaat kelib tushdi.

Bu 1 kunda 10 dan ortiq murojaat degani.

Bular 86 ta shikoyat, 44 ta taklif, 57 ta ariza, 2 ta gʻoya va 116 tasi murojaatlardan iborat boʻlib, eng koʻp murojaatlar Toshkent viloyati (36ta) va Toshkent shahri (32ta), Qashqadaryo (30ta), Andijon (29ta), Namangan (28ta) va Fargʻona (27ta) viloyatlariga toʻgʻri keladi.

305 ta fuqaro va tadbirkorlar murojaatlarining barchasi qisqa muddatlarda koʻrib chiqilib, 254 tasi ijobiy yakuniga yetkazildi. 51 tasi bugun oʻrganish jarayonida.