Bu qarorga kelishiga sportchining “Real Sosedad” tarkibida mavsumoldi mashg'ulotlari chog'ida olgan jarohati sabab bo'ldi. Uning klub bilan 2024-yilgacha bo'lgan shartnomasi bekor qilinadi.
Silva Ispaniya terma jamoasi tarkibida ikki karra Yevropa chempioni va jahon chempioni bo'lgan. U terma jamoa safida jami 125 ta o'yin o'tkazgan. Terma jamoadagi o'yinlari soni bo'yicha u yettinchi o'rinda.
Klub miqyosida Silva Angliyaning “Manchester Siti” jamoasidagi o'yinlari bilan tanilgan. Mazkur jamoa safida yarim himoyachi to'rtta milliy chempionat va yana 10 ta milliy sovrinni qo'lga kiritdi.
Futbolchi Ispaniyada, xususan “Valensiya” va “Real Sosedad”da ham o'ynagan hamda mazkur jamoalar safida bir martadan mamlakat kubogini qo'lga kiritgan, deb xabar beradi iz.ru.