10 milliard soʻmgacha kreditda garovning 30 foizini davlat, 30 foizini Biznesni kafolatlash kompaniyasi, 15 foizini banklar oʻz zimmasiga oladi. Tadbirkorning oʻziga 25 foiz garov topish kifoya qiladi.
“Virtual soliq maslahatchisi” orqali tadbirkorga xarajat va xatolarni kamaytirishga yordam beradigan sunʼiy intellekt portali ishga tushirildi. Kelasi yildan bunday “sunʼiy intellekt yordamchilari” qurilish, mehnat munosabatlari, tashqi savdo va davlat xizmatlarida ham joriy etiladi.
Ikkinchi yoʻnalish – hududlarda “biznes imkoniyatlari”ni oshirish. Davlatimiz rahbari minglab gektar boʻsh yer va samarasiz foydalanilayotgan davlat aktivlari faqat loyihaga aylanib, ish oʻrni va eksportga xizmat qilganda haqiqiy qiymat yaratishini taʼkidladi.
Davlat aktivini sotib olishda avans 30 foizdan 15 foizga tushiriladi, olti oyda toʻliq toʻlov qilganlarga 25 foiz chegirma beriladi. Summaning yarmini toʻlagan tadbirkor qolganini 7-yilda foizsiz boʻlib toʻlashi mumkin boʻladi.
Uch oyda sotilmagan davlat mulkining boshlangʻich narxi bosqichma-bosqich 10 foizgacha kamaytiriladi. Auksion muddati ham ikki barobar qisqartiriladi.