Farmonga ko‘ra, 2027-yildan Hisob palatasining davlat tashqi auditi faoliyatida quyidagilar joriy etiladi:

davlat organlari va tashkilotlarida joriy etilayotgan sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish samaradorligini baholash bo‘yicha sun’iy intellekt tizimlarini qo‘llash auditi;

Hisob palatasining so‘roviga ko‘ra taqdim etilgan ma’lumotlar (hujjatlar), raqamli texnologiyalar, elektron hujjat almashinuvi hamda axborot tizimlariga masofaviy kirish orqali o‘tkaziladigan masofaviy tashqi audit;

xavf (risk) tahlillariga tayangan holda davlat organlari va tashkilotlarida moliyaviy, muvofiqlik hamda samaradorlik auditi yo‘nalishlarida axborot texnologiyalari auditini o‘tkazish.

Hisob palatasi davlat organlari va tashkilotlarida moliyaviy, muvofiqlik hamda samaradorlik auditi yo‘nalishlarida axborot texnologiyalari auditini o‘tkazishga mas’ul vakolatli organ etib belgilanadi.

 2028-yil 1-sentabrdan muvofiqlik auditini sun’iy intellekt texnologiyalarini qo‘llagan holda amalga oshirish joriy etiladi.