Unda hamon amaldagi jahon chempioni Davlat Bobonov -90 kg vazn toifasida etakchilik qilmoqda. e'tiborlisi, amaldagi jahon chempioni 2021 yilni ham -90 kg vazn toifasi karvonboshisi sifatida yakunlagan edi. 

Davlat Bobonov yilni o'z vazn toifasi peshqadami sifatida yakunlagani uchun IJFdan 10 000 dollar mukofot puli oladi.

"Masters" turniri bronza medali sovrindori Alisher Yusupov ikki pog'ona yuqorilab, kuchli olyilikka kirib oldi. Diyora Keldiyorova aksincha ikki pogo'naga pastlab, 4-o'rinni egallab turibdi.  

Isroildagi "Masters" turniri kumush medali sohibi SHahram Ahadov eng katta "sakrash"ga erishdi. Romitonlik dzyudochimiz 13 o'ringa ko'tarilib oldi. Dilshodbek Baratov (-60 kg), Sardor Nurullaev va Muhriddin Tilovov (-66 kg)lar esa uch pog'onaga o'z o'rinlarini yaxshilashdi.