Unda ishtirok etadigan Oʻzbekiston terma jamoasining bir qismi ertaga Qatar poytaxtiga yoʻl oladi. Bugun Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasida mazkur chempionatga bagʻishlangan matbuot anjumani boʻlib oʻtdi.
Unda MOQ raisi oʻrinbosari, mamlakat dzyudo federatsiyasi raisi Azizjon Kamilov, Ilias Iliadis boshchiligidagi terma jamoa murabbiylar shtabi, sportchilar va OAV xodimlari ishtirok etishdi.
Dastavval terma jamoaning umumiy tayyorgarligi haqida gap bordi. Taʼkidlanishicha, sportchilarimiz dunyo birinchiligiga soʻnggi tayyorgarlikni Turkiya va Yaponiya yigʻinlaridan keyin Samarqandda oʻtkazishadi.
Terma jamoa bosh murabbiyi I.Iliadis Davlat Bobonov jarohati sabab ushbu dunyo birinchiligida ishtirok eta olmasligi, qolgan sportchilarning tayyorgarligi yuqori darajada ekanini maʼlum qildi.
Sportchilar nomidan Davlat Bobonov soʻz olib, jamoadoshlarining holati aʼlo darajada ekani, oʻzining salomatligi ham barqaror tiklanib borayotgani xususida gapirdi. Shuningdek, Diyora Keldiyorova dzyudochi qizlarimiz ham ushbu dunyo birinchiligidan medallar bilan qaytishni maqsad qilishganini qoʻshimcha qildi.