Davlat Bobonov yarim final ostonasi to‘xtadi, ammo bronza uchun imkoniyat saqlanib qoldi

    Sport 28 Iyul 2021 1895

    XXXII yozgi Olimpiya o‘yinlarining dzyudo musobaqalarida erkaklar o‘rtasida -90 kg vazn toifasida barcha yarim finalchilar nomi maʼlum bo‘ldi.

    Afsuski, hamyurtimiz Davlat Bobonov chorak finalda gruziyalik Lasha Bekauriga ippon bahosi bilan imkoniyatni boy berdi.

    Shunga qaramay hamyurtimizda bronza medali uchun imkoniyat saqlanib qoldi. Buning uchuni u avvaliga yana bir gruzin millatiga mansub polvon, hozirda Ispaniya sharafini himoya qilayotgan Nikoloz Sherazadishvilidan ustun kelishi, keyin esa yarim final omadsizini mag‘lub etishi lozim.

    Shunday ekan, Bobonovga keyingi bahslarda omad tilaymiz.