Unda tinglovchilar tomonidan Akademiyada olingan nazariy bilimlarni amaliyotga joriy etish, innovatsion yutuqlar, ilgʻor xorij tajribasi asosida samarali ish tashkil etish, eng muhimi — natijadorlikka, aholining turmush darajasini yana-da yaxshilashga xizmat qiladigan tashabbuslarni ilgari surish masalasi muhokama qilindi.

Shuningdek, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari Otabek Xasanov Akademiya bitiruvchilarining faoliyati hamisha eʼtiborda ekanligini, ular respublikaning istiqbolli kadrlar zaxirasiga olinganligi va Davlat rahbari boshchiligida amalga oshirilayotgan turli jabhalardagi islohotlarni joylarda tatbiq va targʻib etishda faol boʻlishga chaqirdi.