Hisobot davrida oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 15 foizga koʻp mablagʻ tushirilishiga erishildi.

Daromadlarning 19 739,6 milliard soʻmi (jami daromadlarning 33,9 % i) bevosita soliqlar, 21 510,8 milliard soʻmi (37,0 % ) bilvosita soliqlar, 9 695,4 milliard soʻmi (16,7 %) resurs toʻlovlari va mulk soligʻi va 7 211,2 milliard soʻmi (12,4 %) boshqa daromadlar hisobidan shakllantirildi.

Davlat byudjetining 1-yarim yillik xarajatlari esa 64 878,9 milliard soʻmni yoki YAIM ga nisbatan 25,4 foizni tashkil etdi.

Jami xarajatlar tarkibida ijtimoiy soha xarajatlari eng koʻp ulushga (53,4 %) ega boʻlib, ushbu yoʻnalishda faoliyat yuritayotgan tashkilot va muassasalarni saqlash hamda sohaga taalluqli tadbirlarni moliyalashtirish uchun Davlat byudjetidan 34 665,5 milliard soʻm mablagʻ yoʻnaltirildi.

2020-yil 1-yarim yillik Davlat byudjeti defitsiti 6 721,9 milliard soʻmni tashkil etdi.

Hisobot davrida mahalliy byudjetlarning daromadlar qismi 12 870,7 milliard soʻmni, xarajatlar qismi esa 20 203,3 milliard soʻmni tashkil etdi.