Davlat davolash muassasasiga birinchi bor zamonaviy robot-xirurg qurilmasi keltirildi — SSV

    Salomatlik 18 Iyun 2025 1289

    Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga davlat davolash muassasalari orasida birinchi boʻlib zamonaviy robot-xirurg qurilmasi olib kelindi.

    Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmatining xabar berishicha, “REVO-I” rusumli ushbu noyob robot-xirurg Koreyaning “Meere” kompaniyasida ishlab chiqarilgan boʻlib, uning imkoniyatlari juda keng.

    Xususan, mazkur qurilma yordamida bajariladigan amaliyotlar bemor hayoti uchun muhim boʻlgan boshqa aʼzolarga taʼsir qilmasligi, minimal qon yoʻqotish bilan kechishi va operatsiyadan keyingi reabilitatsiya jarayoni qisqa ekani bilan muhim ahamiyatga ega.