Atmosfera havosiga benzin yoqilgʻisida harakatlanadigan avtotransport vositalari 78 foiz, propan, butan gazida harakatlanadigan avtotransport vositalari 57 %, metan gazida harakatlanadigan avtotransport vositalari 27 foiz, elektromobillarda esa 0 foiz zararli CO2 gazini atmosfera havosiga ajratadi.
Davlat ekologiya qoʻmitasi N.Oblomuradov taʼkidlaganidek, bugun xorijiy mamlakatlarda sinovdan oʻtgan elektromobillardan maqsadli foydalanishimiz uchun barcha shart-sharoitlar mavjud.
Yaqinda Davlat ekologiya qoʻmitasi birinchilardan boʻlib xizmat mashina parkiga 10 dona elektromobil xarid qildi. Kelajakda koʻmitaning barcha xizmat mashinalarini elektromobillarga almashtirish va ularni muqobil energiya manbalari hisobidan quvvatlash tizimini joriy qilish rejalashtirilgan.