Bu haqda AOKAda Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi rahbariyati ishtirokida o'tkazilgan matbuot anjumanida ma'lum qilindi.
Tadbirda aytilishicha, Byuro organlari tomonidan joriy yilning 7 oyida jami 12,9 trillion so'mlik hujjatlar ijrosi ta'minlanib, amalda undiruv ko'rsatkichi o'tgan yilning shu davriga nisbatan 2 barobarga o'sdi.
Birgina davlat foydasiga 5,2 trillion so'm mablag' undirilib, bu boradagi ko'rsatkich 2,3 barobarga oshdi.
Tadbirkorlik sub'ektlari foydasiga 4,8 trillion so'm, banklar uchun 2,2 trillion so'm va fuqarolarimiz manfaatlariga 750,9 milliard so'm undirildi.









