Bosh vazir matbuot kotibining xabar berishicha, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoevning “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aktsiyadorlik jamiyati va “Navoiyuran” davlat korxonasi jamoalariga yo'llagan tabriklarini Bosh vazir Abdulla Aripov o'qib eshittirdi.
Davlatimiz rahbarining kuni kecha imzolagan farmonlariga asosan ishlab chiqarish ilg'orlaridan bir guruhi mukofotlangan edi.
Tadbirda Prezidentimizning topshiriqlariga binoan, Bosh vazir ularning nomidan davlat mukofotlarini o'z egalariga topshirdi.