Davlat organlari 1-yanvardan bir qator hujjatlarni talab qilmaydi

    Raqamlashtirish 4 Yanvar 2022 3420

    2022-yil 1-yanvardan boshlab davlat organlari tomonidan aholidan, shu jumladan tadbirkorlik subyektlaridan bir qator maʼlumotlar va hujjatlarni talab qilish bekor qilindi.

    Bunda, davlat organlari va tashkilotlari jismoniy shaxslarga davlat xizmatlarini koʻrsatishda, ishga qabul qilish jarayonida va boshqa maʼmuriy tartib-taomillarni amalga oshirishda quyidagi hujjat va maʼlumotlarni belgilangan masʼul davlat organlari va tashkilotlaridan mustaqil ravishda “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali soʻrab oladi.

    Hujjat va maʼlumotlar roʻyxati:

    ▪️tadbirkorlik subyekti davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma maʼlumoti;

    ▪️litsenziya, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar va xabarnomalar qabul qilinganligi toʻgʻrisida tasdiqnoma mavjudligi boʻyicha maʼlumot;

    ▪️davlat boji, yigʻimlar va boshqa toʻlovlar toʻlanganligi toʻgʻrisida maʼlumot;

    ▪️qimmatli qogʻozlar, qimmatli qogʻozlar bilan amalga oshirilgan operatsiyalar, dividendlar olinganligi toʻgʻrisidagi maʼlumot;

    ▪️kam taʼminlangan oila yoki oila aʼzosi sifatida roʻyxatga olinganligi toʻgʻrisida maʼlumot;

    ▪️jismoniy shaxslar tomonidan toʻlangan va olingan alimentlar toʻgʻrisida maʼlumot;

    ▪️oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi diplom maʼlumot;

    ▪️jismoniy shaxs oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasasini tugatganligi haqida maʼlumot;

    ▪️jismoniy shaxs umumiy oʻrta taʼlim (11-sinf negizida) muassasasini tugatganligi haqida maʼlumot;

    ▪️fuqaro “Yoshlar daftari” yoki “Ayollar daftari”da mavjudligi toʻgʻrisida maʼlumot;

    ▪️oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar toʻgʻrisida maʼlumotlarni;

    ▪️oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun imtiyozga ega boʻlgan abituriyentlarning imtiyoz huquqini tasdiqlovchi hujjat toʻgʻrisida maʼlumot;

    ▪️moliyaviy hisobotlar nusxalari;

    ▪️jismoniy shaxslarning oxirgi 12 oydagi ish haqini tasdiqlovchi maʼlumotnoma;

    ▪️ ijtimoiy nafaqa va pensiyalar toʻlanganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma.