Bunda, davlat organlari va tashkilotlari jismoniy shaxslarga davlat xizmatlarini koʻrsatishda, ishga qabul qilish jarayonida va boshqa maʼmuriy tartib-taomillarni amalga oshirishda quyidagi hujjat va maʼlumotlarni belgilangan masʼul davlat organlari va tashkilotlaridan mustaqil ravishda “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali soʻrab oladi.

Hujjat va maʼlumotlar roʻyxati:

▪️tadbirkorlik subyekti davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma maʼlumoti;

▪️litsenziya, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar va xabarnomalar qabul qilinganligi toʻgʻrisida tasdiqnoma mavjudligi boʻyicha maʼlumot;

▪️davlat boji, yigʻimlar va boshqa toʻlovlar toʻlanganligi toʻgʻrisida maʼlumot;

▪️qimmatli qogʻozlar, qimmatli qogʻozlar bilan amalga oshirilgan operatsiyalar, dividendlar olinganligi toʻgʻrisidagi maʼlumot;

▪️kam taʼminlangan oila yoki oila aʼzosi sifatida roʻyxatga olinganligi toʻgʻrisida maʼlumot;

▪️jismoniy shaxslar tomonidan toʻlangan va olingan alimentlar toʻgʻrisida maʼlumot;

▪️oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi diplom maʼlumot;

▪️jismoniy shaxs oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasasini tugatganligi haqida maʼlumot;

▪️jismoniy shaxs umumiy oʻrta taʼlim (11-sinf negizida) muassasasini tugatganligi haqida maʼlumot;

▪️fuqaro “Yoshlar daftari” yoki “Ayollar daftari”da mavjudligi toʻgʻrisida maʼlumot;

▪️oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar toʻgʻrisida maʼlumotlarni;

▪️oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun imtiyozga ega boʻlgan abituriyentlarning imtiyoz huquqini tasdiqlovchi hujjat toʻgʻrisida maʼlumot;

▪️moliyaviy hisobotlar nusxalari;

▪️jismoniy shaxslarning oxirgi 12 oydagi ish haqini tasdiqlovchi maʼlumotnoma;

▪️ ijtimoiy nafaqa va pensiyalar toʻlanganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma.