Qaror bilan “Raqamli Toshkent” kompleks dasturi doirasida davlat organlari va tashkilotlarining oʻzaro elektron hamkorligi tartibi toʻgʻrisidagi Nizom hamda“Raqamli Toshkent” kompleks dasturi doirasida Toshkent shahrining geografik axborot-tahlil tizimini joriy etish reja-jadvali tasdiqlandi.
Nizomga koʻra:
- Davlat organlari va tashkilotlari “Raqamli Toshkent” geoaxborot tizimiga jamlanishi belgilangan maʼlumotlarni belgilangan roʻyxat va muddatlarga muvofiq elektron hamkorlik orqali taqdim etadi yoxud tizimga doimiy ravishda kiritishni taʼminlaydi.
- Geoaxborot tizimi orqali davlat organlari va tashkilotlari maʼlumotlarini yigʻish, qayta ishlash va tahlil qilish sxema asosida amalga oshiriladi.
- “Raqamli Toshkent” geoaxborot tizimi uchun kerakli maʼlumotnoma va klassifikatorlar “Elektron hukumatning maʼlumotnomalar va klassifikatorlar registri” axborot tizimida yuritiladi.
- “Raqamli Toshkent” geoaxborot tizimiga maʼlumotlarni taqdim etish tartibi har bir davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlari va axborot resurslaridan kelib chiqib, ularni “Raqamli Toshkent” geoaxborot tizimiga integratsiya qilish boʻyicha ishlab chiqiladigan texnologik yoʻriqnomalar bilan belgilanadi.
- Toshkent shahar hokimligi “Raqamli Toshkent” geoaxborot tizimiga egalik qiladi, uning uzluksiz faoliyat koʻrsatishini taʼminlaydi, iqtisodiy tahlil va prognozlash ishlarida keng foydalanadi.