Joriy yil 10-aprel holatiga korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholashdan oʻtkazish yuzasidan “E-Anticor.uz” elektron platformasiga yuborilgan maʼlumotlar asosida 39 ta vazirlik va idora uchun korrupsiyaviy xavf-xatarlar xaritalari toʻliq shakllantirildi.

Mazkur vazirlik va idoralarning faoliyatiga doir umumiy 1701 ta funksiyalarning korrupsiyaviy xavf-xatarlar darajasi quyidagicha baholandi:

177 ta funksiyada “yuqori”;
475 ta funksiyada “oʻrta”;
1049 ta funksiyada “past”.

 

Baholash natijalari tahliliga koʻra, ayrim davlat tashkilotlari tomonidan quyidagi holatlarga yoʻl qoʻyilgan: 

  • barcha funksiyalar toʻliq baholashdan oʻtkazilmagan;
  • aksariyat funksiyalar asossiz past baholangan;
  • tashkilot rahbariyati tomonidan mazkur amaliyotga yetarlicha eʼtibor qaratilmagan.

23 ta vazirlik va idoralar faoliyatida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholashdan oʻtkazish natijasi yuzasidan maʼlumotlar elektron platformaga kiritilmagan sababli ular uchun korrupsiyaviy xavf-xatarlar xaritalari shakllantirilmadi.

Keng jamoatchilik “E-Anticor.uz”  platformasi orqali davlat organlarining baholashdan oʻtkazilgan funksiyalari va ularning korrupsiyaviy xavf-xatarlarga moyillik darajasi yuzasidan fikr-mulohaza va takliflarini onlayn rejimda yuborish imkoniga ega.