Joriy yil 10-aprel holatiga korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholashdan oʻtkazish yuzasidan “E-Anticor.uz” elektron platformasiga yuborilgan maʼlumotlar asosida 39 ta vazirlik va idora uchun korrupsiyaviy xavf-xatarlar xaritalari toʻliq shakllantirildi.
Mazkur vazirlik va idoralarning faoliyatiga doir umumiy 1701 ta funksiyalarning korrupsiyaviy xavf-xatarlar darajasi quyidagicha baholandi:
177 ta funksiyada “yuqori”;
475 ta funksiyada “oʻrta”;
1049 ta funksiyada “past”.
Baholash natijalari tahliliga koʻra, ayrim davlat tashkilotlari tomonidan quyidagi holatlarga yoʻl qoʻyilgan:
- barcha funksiyalar toʻliq baholashdan oʻtkazilmagan;
- aksariyat funksiyalar asossiz past baholangan;
- tashkilot rahbariyati tomonidan mazkur amaliyotga yetarlicha eʼtibor qaratilmagan.
23 ta vazirlik va idoralar faoliyatida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholashdan oʻtkazish natijasi yuzasidan maʼlumotlar elektron platformaga kiritilmagan sababli ular uchun korrupsiyaviy xavf-xatarlar xaritalari shakllantirilmadi.
Keng jamoatchilik “E-Anticor.uz” platformasi orqali davlat organlarining baholashdan oʻtkazilgan funksiyalari va ularning korrupsiyaviy xavf-xatarlarga moyillik darajasi yuzasidan fikr-mulohaza va takliflarini onlayn rejimda yuborish imkoniga ega.