Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buxoro shahar boʻlimi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, Qorovulbozor davlat oʻrmon-ov xoʻjaligi direktori J.N. fuqaro B.B.ning ishonchiga kirib, unga 3 000 AQSH dollari evaziga akasi va qarindoshi tomonidan ushbu xoʻjalikka yetkazilgan 78 mln soʻm zararni toʻlanganligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma berish orqali qarzdorligini yopishini aytib, shundan 2022-yilning noyabr oyida 2 000 AQSH dollarini olib, yana 800 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.