Davlat test markazi kelasi yilgi testlar tuziladigan darsliklar roʻyxatini eʼlon qildi

    Ta'lim 28 Oktabr 2022 2217

    Tavsiya etilgan oʻquv adabiyotlar roʻyxati Xalq taʼlimi vazirligi va Qoraqalpogʻiston Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan tavsiya etilgan oʻquv adabiyotlar roʻyxati asosida shakllantirilgan.

    Davlat test markazi oʻzining rasmiy veb-saytida 2022—2023-oʻquv yilida OTMga kirish test sinovlariga tayyorgarlik koʻrish uchun tavsiya etilgan darsliklar va oʻquv adabiyotlari roʻyxatini eʼlon qildi.

    Tavsiya etilgan oʻquv adabiyotlar roʻyxati Xalq taʼlimi vazirligi va Qoraqalpogʻiston Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan tavsiya etilgan oʻquv adabiyotlar roʻyxati asosida shakllantirilgan.

    Darsliklar roʻyxati bilan dtm.uz/info/textbooks manzili orqali tegishli fan va tilni tanlagan holda tanishish mumkin.