“Davlat tilida ish yuritish” kitobi nashr etildi

    Fan 10 Sentabr 2020 19391

    Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Davlat tilini rivojlantirish departamenti hamda OʻzR FA Oʻzbek tili, adabiyoti va folklori instituti olimlari hamkorlikda “Davlat tilida ish yuritish” kitobi nashr etildi.

    Kitobning mazkur toʻldirilgan, takomillashtirilgan 9-nashri FA Oʻzbek tili, adabiyoti va folklori instituti direktori, professor Nizomiddin Mahmudov tahriri ostida “Oʻzbekiston nashriyoti” tomonidan 3000 nusxada chop etildi.

    Mazkur kitob amaliy qoʻllanma hisoblanib, unda tashkilot va muassasalarning ish yuritish faoliyatida eng koʻp qoʻllaniladigan hujjatlar, ularni tuzish tartib-qoidalari masalalari toʻxtalib, tegishli namunalar keltirilgan hamda ish yuritishga oid lugʻat berilgan.