Tashrif chog'ida tsirkning bugungi holatini ko'zdan kechirar ekanlar, undagi muammo va kamchiliklar o'rganib chiqildi. SHu bilan bir qatorda tsirkda saqlanayotgan hayvonlar holati va ularning yashash joylaridagi sanitariya gigiena holatlari o'rganilib, bundan-da yaxshilash buyicha tsirk direktoriga qator ko'rsatmalar berildi.
O'zbekiston davlat tsirkini rivojlantirish, uning moddiy texnik bazasini mustahkamlash, Evropa standartlariga moslashtirish, qolaversa uzoq yillar ta'mirtalab holatda bo'lganligi bois unga sarflanadigan xarajatlar miqdori yuzasidan ham o'zaro fikr almashildi.
Ular O'zbekiston davlat tsirkida faoliyat yuritayotgan ishchi-xodimlar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.