Qarorga koʻra:
2021-yil 1-aprelgacha davlat xaridlari sohasidagi maxsus axborot portalida qurilish sohasida davlat xaridlarini elektron shaklda oʻtkazishni nazarda tutuvchi alohida sahifa yaratiladi.
2021-yil 1-maygacha Markaziy axborot portalini yaratish boʻyicha texnik-loyiha hujjatlari ishlab chiqiladi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida ekspertizadan oʻtkaziladi.
2021-yil 1-sentyabrgacha davlat xaridlari boʻyicha barcha maʼlumotlarni jamlovchi va tashqi axborot tizimlar bilan oʻzaro elektron hamkorlikni taʼminlovchi Davlat xaridlari markaziy axborot portali dasturiy majmuasi yaratiladi.
Markaziy axborot portalini ishlab chiqish va uni kuzatishni taʼminlash Moliya vazirligining Axborot-hisoblash markazi tomonidan amalga oshiriladi.
2021-yil 1-apreldan davlat xaridlari ijrochisining muassislari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar davlat buyurtmachilari bilan tuzilgan shartnomalar reyestriga kiritiladi.
Qaror bilan shuningdek, davlat xaridlari markaziy axborot portalini yuritish boʻyicha funksional talablar tasdiqlandi.