Unga muvofiq, oʻquv kurslari “halollik vaksinasi” tamoyili asosida mazkur davlat organlari va tashkilotlarining mutaxacsis xodimlari, oʻqituvchi va trenerlari tomonidan amalga oshiriladi.

Oʻquv kurslari bazaviy va maxsus chuqurlashtirilgan kurslardan iborat boʻlib, davlat xizmatchilari uchun baʼzaviy maxsus malaka oshirish kurslari 12 soatdan, maxsus chuqurlashtirilgan oʻquv kurslari esa 50 soatdan kam boʻlmagan hajmda tashkil etiladi.

Bazaviy oʻquv kurslar:

➖davlat organlari oʻzlarining xodimlari uchun idoraviy taʼlim muassasalari;

➖davlat organlarining tuman (shahar) boʻlinmalarida faoliyat yuritayotgan davlat xizmatchilari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi;

➖davlat organlarining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahardagi boʻlinmalaridagi davlat xizmatchilari uchun hududiy oliy taʼlim muasasalari;

➖davlat organlarining markaziy apparatidagi davlat xizmatchilari uchun Davlat boshqaruvi akademiyasi va uning filiallari tomonidan tashkillashtiriladi.

Maxsus chuqurlashtirilgan oʻquv kurslar Davlat boshqaruvi akademiyasi va Bosh prokuratura Akademiyasida tashkil etilib, ularda ishtirok etish ish beruvchi va taʼlim muassasasi oʻrtasida tuzilgan shartnoma asosida amalga oshiriladi.

Bazaviy va maxsus chuqurlashtirilgan oʻquv kurslarning namunaviy oʻquv dasturi Davlat boshqaruvi akademiyasi, Bosh prokuratura Akademiyasi hamda Yuristlar malakasini oshirish markazi tomonidan har yili ishlab chiqiladi va ularning rasmiy veb-saytlarida eʼlon qilib boriladi.

Davlat boshqaruvi akademiyasi, Bosh prokuratura Akademiyasi hamda Yuristlar malakasini oshirish markazi tomonidan davlat xizmatchilariga bazaviy va maxsus chuqurlashtirilgan oʻquv kurslarda ishtirok etganlik uchun tegishli shakldagi sertifikatlar taqdim etiladi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi davlat xizmatchilarini korrupsiyaga qarshi kurashish, manfaatlar toʻqnashuvi va odob-axloq qoidalari boʻyicha oʻquv kurslarida muntazam oʻqitilishi yuzasidan monitoring olib boradi hamda vazirlik va idoralarga bu borada amaliy yordam koʻrsatadi.