Bugungi kun holatiga koʻra, turli yoʻnalishlarda jami 200 ta oʻrganishlar oʻtkazildi.
Oʻrganishlar natijasi boʻyicha aniqlangan jami 296 ta qonunbuzilishlarini bartaraf qilish hamda aybdorlarga nisbatan tegishli choralarni koʻrish maqsadida davlat organlari rahbarlariga 166 ta taqdimnoma kiritildi.
Shu bilan birga davlat organlari va tashkilotlariga davlat fuqarolik xizmatchilarining huquq va qonuniy manfaatlari buzilishiga yoʻl qoʻymaslik toʻgʻrisida jami 150 ta yozma ogohlantirish xatlari yuborildi.
Agentlik filiallari tomonidan qoʻllanilgan taʼsir choralarini koʻrib chiqish natijalari boʻyicha:
▪️ 8 ta holatda davlat fuqarolik xizmatchilariga berilishi lozim boʻlgan har oylik ustama va xizmat safari mablagʻlarini toʻlash toʻgʻrisida buyruq qabul qilingan va 15,5 mln soʻm ustamalar toʻlanishiga erishildi;
▪️oʻtkazish tartibi buzilgan 42 ta holatda tanlovlar toʻliq va 2 ta holatda qisman bekor qilinib, takroran oʻtkazildi;
▪️tanlovsiz ishga qabul qilish toʻgʻrisidagi 57 ta buyruq bekor qilinib, amaldagi qonunchilikka muvofiq qabul qilinishi taʼminlandi;
▪️kadrlar boʻlinmalari rahbarligiga Agentlikning hududiy filiallari bilan kelishmasdan ishga qabul qilish toʻgʻrisidagi 15 ta noqonuniy buyruqlari bekor qilinib, hududiy filiallar bilan kelishilishi taʼminlandi;
▪️qonunbuzilishlariga yoʻl qoʻygan 43 nafar aybdor shaxslarga nisbatan intizomiy jazo choralari qoʻllanildi, shundan 4 nafari lavozimidan ozod etildi;
▪️qonun buzilishlariga yoʻl qoʻygan 5 nafar aybdor shaxslarga nisbatan maʼmuriy jarima jazo choralari qoʻllanildi.