Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi shu yoʻnalishdagi ishlarni tashkil etmoqda.

Agentlik rasmiy sahifalari orqali eʼlon qilib borilayotgan vakant lavozimlar boʻyicha ochiq tanlovlarda shu kungacha 905 mingdan ortiq nomzod ishtirok etdi. Natijada ochiq tanlov asosida 35 ming nafardan ortiq fuqaro davlat xizmatiga qabul qilindi

Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlari yagona ochiq portali orqali davlat organlari va idoralarida oʻtkazilgan tanlovlar toʻgʻrisidagi maʼlumot bilan infografika orqali tanishish mumkin.

Eslatib oʻtamiz, tanlov jarayonlari bilan bogʻliq savollarni @vacancy_argos_bot ga yoʻllash mumkin.