Uchrashuv avvalida zamon talablariga javob beradigan davlat xizmati tizimini shakllantirishda inson resurslarini rivojlantirishning nechogʻli dolzarbligi taʼkidlandi. Kadrlar salohiyatini tizimli ravishda oshirib borish hanuz davlatlar oldida dolzarbligini yoʻqotmaganligi bildirildi.
Shuningdek, nafaqat qisqa va uzoq muddatli malaka oshirish kurslarini tashkil etish, balki oʻzlashtirilgan bilim va koʻnikmani amaliyotga qoʻllash masalasiga alohida eʼtibor qaratildi.
Agentlik vakillari dastlab davlat boshqaruvi, keyinchalik esa ustuvor vazifalardan kelib chiqib, boshqa yoʻnalishlarda ham malaka oshirish (onlayn, oflayn)ni tashkil qilish masalasini oʻrtaga tashladi.
Tomonlar uzoq muddatda hamkorlik qilishga kelishib olishdi, deb xabar beradi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi matbuot xizmati.