Xususan, joriy yilning oʻtgan oylarida xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlarda 35 marotaba oʻrganish, jumladan, 12 tasi murojaatlar asosida va 23 marotaba monitoring tadbirlari oʻtkazildi.
Unda vakolatli organlar tomonidan davlat xizmatlari koʻrsatilishida 7 mingdan ortiq qonunbuzilishi holatlari aniqlandi. Bularning 4 ming 431 tasida muddat buzilgan boʻlsa, 31 ta holatda murojaatlar asossiz rad etilgan. Shuningdek, 6 ta holatda ortiqcha hujjat talab etilib, 1 ta holatda esa toʻgʻridan toʻgʻri xizmat koʻrsatilgan. 3 ming 116 ta davlat xizmatlari koʻrsatilishiga oid boshqa qonunbuzilish holatlari aniqlanib, masʼul shaslarga nisbatan taʼsir choralari qoʻllanilgan.
Qonunbuzilish holatlari idoralar kesimida tahlil qilinganda hokimliklar tomonidan 3 ming 115 ta, gaz taʼminoti hududiy filiali tomonidan 1 ming 264 ta, yer resurslari va kadastr xizmati tomonidan 647 ta qonunbuzilishi holati aniqlangan.
Shuningdek, 291 ta holatda qurilish boʻlimi, 84 tasida soliq organlari tizimida, 47 ta holatda elektr taʼminoti korxonasida, 6 ta sogʻliqni saqlash sohasida, 2 ming 131 tasida esa boshqa xizmat koʻrsatuvchi idoralar tomonidan qonunbuzilish holatlari qayd etildi.
Boshqarma tomonidan vakolatli idoralarga 343 ta ogohnoma, 31 ta taqdimnoma kiritildi. 50 nafar mansabdor shaxs intizomiy javobgarlikka tortilib, 1 nafari egallab turgan lavozimidan ozod etildi. 87 nafar shaxsga nisbatan maʼmuriy jazo choralari qoʻllanildi.
Toshkent viloyati adliya boshqarmasida davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarga davlat xizmatlari koʻrsatishda ayrim qonunbuzilishi holatlariga yoʻl qoʻyilayotgani aniqlanib, ular yuzasidan tegishli taʼsir choralari koʻrilmoqda.
Qahramon Hafizov,
Toshkent viloyati adliya boshqarmasi
Davlat xizmatlari koʻrsatilishi
ustidan nazorat qilish boʻlimi
bosh maslahatchisi