— “Oʻzbekiston Respublikasining Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi bizning mukofotlar qoʻmitasi va maslahat kengashi tomonidan 2020-yilda dunyoning eng yaxshi rivojlanayotgan DXSH bozori sifatida PPP Experts mukofotiga loyiq koʻrildi” — deyiladi xabarda.
Tanlov jarayonida biz ushbu nufuzli mukofot uchun tanlangan bir nechta daʼvogarlarni sinchkovlik bilan oʻrganib chiqdik va Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligining erishayotgan ulkan yutuqlari uchun bu yilgi mukofotni unga berishga qaror qildik. Mukofotlar qoʻmitasi, DXShni rivojlantirish agentligi tomonidan qisqa vaqt ichida katta muvaffaqiyatlarga erishganiga alohida urgʻu berdi.
Xabarda shuningdek, Oʻzbekistonda DXSh yoʻnalishida yetarli huquqiy baza yaratilgani, imzolangan bitimlar, muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgan loyihalar, investorlarning mamlakatga qiziqishining ortib borayotgani haqida ham toʻxtalib oʻtilgan.
Maʼlumot uchun: PPP Experts tashkiloti dunyodagi koʻplab davlatlar va yirik moliya muassasalariga DXSh yoʻnalishida maslahatlar taqdim etish va tadbirlarni oʻtkazish orqali davlat va xususiy sektor hamkorligini yana-da mustahkamlashga yordam beruvchi tashkilot hisoblanadi. U 50 dan ortiq sohaning eng tajribali mutaxassislarini oʻzida jamlagan.