Tadbir davomida Pastdargʻom tumani “Jahongir NDN” MCHJga qarashli avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shaxobchasini (AGTKSH) tumaning “Nayman”, “Charxin” MFYlari, Samarqand tumanining “Gulobod”, “Gazchilar” va “Yangiobod” MFYlari hamda Samarqand shahri “Kimyogarlar” qoʻrgʻoni aholisi (jami 17000 ta xonadon) va 84 ta ulgurji isteʼmolchilarni tabiiy gaz bilan taʼminlovchi, yuqori bosimli diametri 325 mm boʻlgan yer osti gaz quvuriga 100 mm.li quvurlar bilan noqonuniy ulanib, gazdan foydalanib kelgani aniqlandi.

Bu tegishli tartibda hujjatlashtirildi. Oʻtkazilgan tadbir boʻyicha dastlabki hisob-kitoblar koʻra, 1 mlrd soʻmlik tabiiy gaz talon-toroj qilingani hisoblanib, “Hududgaz Samarqand”gaz taʼminoti filiali tomonidan hujjatlar rasmiylashtirildi. Holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.