Davlatga xoinlik qilishda ayblangan R. Sayfulin 12 yil muddatga ozodlikdan mahrum
Xavfsizlik
28 may 2020, 15:25
1 526
2020 yil 25 may kuni O'zbekiston Respublikasi Harbiy sudida Jinoyat kodeksining 157-moddasi (davlatga xoinlik qilish) 1-qismi va 248-moddasi (qurol, o'q-dorilar, portlovchi moddalar yoki portlatish qurilmalariga qonunga xilof ravishda egalik qilish) 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblangan R. Sayfulinga nisbatan jinoyat ishini ko'rib chiqish bo'yicha sud jarayoni nihoyasiga etdi va sud hukmi e'lon qilindi.
Bir necha oy davomida o'tkazilgan yopiq sud majlisida sudlanuvchi va guvohlarning ko'rsatmalari tinglanib tahlil qilindi.
Tergov organi tomonidan to'plangan dalillarga baho berilib, sudlanuvchining vajlari tekshirildi.
Sud sudlanuvchi R. Sayfulinni yuqorida ko'rsatilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topib, unga 12 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi