Ajratilayotgan mablagʻning 1 trillion 700 milliard soʻmi Sharof Rashidov tumaniga toʻgʻri keladi. Shuningdek, Sharof Rashidov tumanidagi 9 ta mahallaning infratuzilmasini yaxshilashga Jahon bankining 8 million dollar mablagʻi beriladi.
Tumanning Eski Toshkentlik, Saraylik, Yaxtanlik, Taraqqiyot mahallalarida 300 dan ortiq xonadon mebelchilik bilan shugʻullanadi. Ushbu 4 ta mahalla uchun eng qulay hududdan 3 gektar joyda mebelchilik markazi tashkil etilsa, tumanda mazkur soha sanoat darajasiga chiqadi. Natijada 1,5 ming odamning daromadi koʻpayadi.
Davlatimiz rahbari 250 mingdan ziyod aholi yashaydigan Sharof Rashidov tumanida birorta park yoʻqligiga eʼtibor qaratdi.
Shu bois, Yangi hayot mahallasida foydalanilmay turgan 10 gektar maydonda yashil bogʻ barpo qilish uchun 10 milliard soʻm ajratiladi.
Prezidentimiz yana bir nechta shunday imkoniyatlarni sanab, tuman hokimlariga ajratilayotgan mablagʻlardan unumli foydalanish va ularni oʻsish nuqtalariga yoʻnaltirishni topshirdi.