Maktubda, jumladan, Oʻzbekiston va Eron oʻrtasidagi keng qamrovli hamkorlikni, oʻzaro manfaatli va uzoq muddatli sheriklik munosabatlarini rivojlantirishga ulkan hissa qoʻshgan Ibrohim Raisiyning yorqin xotirasi xalqlarimiz qalblarida doimiy saqlanib qolishi taʼkidlanadi.
Davlatimiz rahbari doʻst Eron xalqiga, marhumlarning oila aʼzolari va yaqinlariga chuqur taʼziya izhor etdi.