Misol uchun, loyihaning texnik topshirig'i hozirda “resurs” usuliga asoslangan. Bunda 1 kilometr yo'l qurish uchun qancha ishchi kerak, qancha yoqilg'i va nechta texnika ishlatiladi, texnikaning turi qanaqa bo'lishi kerak, degan yuzlab shartlar kiritilgan.
“Oqibatda texnik nazoratchilar asosiy vaqtini yo'lning sifatini tekshirishga emas, pudratchining hujjatlarini o'rganishga sarflaydi. Natija hammaga ma'lum.
Aslida, davlat yo'lning o'ziga talabni belgilab, uni sifatli qabul qilishi kerak. Marhamat, pudratchi yo'lni qanday texnika bilan qurishini o'zi hal qilsin. “Hajm” usulining mazmuni ham shu”, - dedi Prezident.