Davlatimiz rahbari Oʻzbekistonning tashqi siyosat borasidagi pozitsiyasini yana bir bor taʼkidladi.

Eng avvalo, Markaziy Osiyo davlatlari bilan koʻp asrlik doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik, strategik sheriklik va oʻzaro ishonch ruhidagi aloqalarimiz sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqiladi.

Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi, Shanxay Hamkorlik Tashkiloti mamlakatlari bilan anʼanaviy keng qamrovli va strategik sheriklik aloqalari yanada kengaytiriladi.

AQSH, Yevropa va boshqa rivojlangan davlatlar bilan savdo-iqtisodiy, moliyaviy, investitsiyaviy va texnologik hamkorlik rivojlantiriladi, keng koʻlamli sheriklik va amaliy aloqalar mustahkamlanadi.

Janubiy Osiyo, Yaqin va Oʻrta Sharq, Afrika mintaqasidagi mamlakatlar bilan yangi va istiqbolli yoʻnalishlarda oʻzaro manfaatli hamkorlik uchun transport-logistika yoʻlaklarini yaratishga alohida eʼtibor qaratiladi.