Davlatimiz rahbari ushbu sharoitlarni karra-karra koʻpaytirish boʻyicha yangi tashabbuslarni ilgari surdi.

Mamlakatimiz jadal rivojlanishi uchun bizga “toʻrtinchi sanoat inqilobi” kasblari juda muhimligi qayd etildi.

Shu munosabat bilan yoshlarni fizika, kimyo, biologiya, texnologiya, muhandislik, matematika (STEM) bilan bogʻliq kasblarga qiziqishini oshirish uchun yangi tizim joriy qilinadi.

Yangi oʻquv yilidan oliygohlar qoshidagi jami 73 ta akademik litseyda tajriba tarzida “Xalqaro bakalavriat” va “A-level” dasturlari joriy qilinadi.

Bu dasturlar asosida sertifikat olgan oʻquvchilar oʻsha oliygohga imtihonsiz, kontrakt asosida qabul qilinadi.

Yoshlarimiz xorijiy oliygohlarda oʻqish uchun matematika, ingliz tili va ilmiy fikrlash boʻyicha “AST” imtihonini topshirmoqda. Bu testlarda 75 foizdan yuqori natija koʻrsatgan oʻquvchilar chet elni eng nufuzli oliygohlariga grant yutayapti.

- Endi bunday yoshlarni oʻzimizni oliygohlarga ham grantga qabul qilamiz, - dedi Prezident.